Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.07.2018 10:04 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda Botanika instituti faoliyati takomillashtirildi

O‘zbekistonda Botanika instituti faoliyati takomillashtirildi Prezidentning 2018-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Botanika instituti O‘zbekistonning tabiiy o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish sohasidagi yagona davlat ilmiy muassasa sifatida belgilandi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, institutning noyob ilmiy obyekti “Markaziy gerbariy” milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olinib va unga “O‘zbekiston milliy gerbariysi” nomi berildi.

Institut tarkibida:

noyob o‘simliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi;

O‘zbekiston florasi laboratoriyasi;

Botanika muzeyi tashkil etildi.

O‘zA
1 829