O‘zA O`zbek

16.08.2018 12:24 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda ulgurji savdo tovar aylanmasi 30964,7 milliard so‘mni tashkil qildi

O‘zbekistonda 7 oyda ulgurji savdo tovar aylanmasi 30964,7 milliard so‘mni tashkil qildi

Yil boshidan respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 30964,7 milliard so‘mni tashkil qildi va 2017 yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi 7 oy mobaynidagi ulgurji savdo tovar aylanmasini ma’lum qildi.

Yil boshidan respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 30964,7 milliard so‘mni tashkil qildi va 2017 yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga o‘sdi.

Ulgurji tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan quyidagi hududlarning o‘sish sur’atida kamayish kuzatildi: Qashqadaryo viloyati – 92,0 foiz, Samarqand viloyati – 97,6 foiz, Farg‘ona viloyati – 99,7 foiz, Tashkent shahri – 99,6 foiz.

photo5451754911579613529.jpg

Kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 3,8 foizga oshdi va 20596,1 milliard so‘mga yetib, umumiy ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi 66,5 foizni tashkil qildi.

O‘zA
1 637