O‘zA O`zbek

13.08.2018 10:07 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda 33926 mingta korxona va tashkilot yangi tashkil etildi

O‘zbekistonda 7 oyda 33926 mingta korxona va tashkilot yangi tashkil etildi

2018-yilning yanvar – iyul oyida O‘zbekistonda 33926 mingtaga yaqin korxona va tashkilot yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 mingtaga ko‘pdir. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shuningdek, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,9 foizga kamaygan hamda ularning soni 4,0 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin. Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24,1 mingta (8,4 foiz)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 309,6 mingtani tashkil etgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,2 foiz), Toshkent (9,6foiz), Farg‘ona (9,0 foiz) va Andijon (8,6 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari), ming birlikda

photo5443046161012336805.jpg

Ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari, 2018-yilning 1-avgust holatiga)

photo5443046161012336806.jpg

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,0 foiz savdoda, 17,2 foiz sanoatda, 8,8 foiz qurulishda, 7,5 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 6,0 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 4,1 foiz tashish va saqlash, 2,2 foiz axborot va aloqa, 2,1 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,1 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

2018-yil yanvar – iyul holatiga 33926 ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017-yilning shu davriga nisbatan qaraganda 22,6 foizga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida (7418 ta), Toshkent (3304 ta), Farg‘ona (2814 ta) va Samarqand viloyatlarida (2760 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (930 ta), Navoiy (1316 ta) hamda Xorazm (1338 ta) viloyatlarida tashkil etilgan. Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rsak, eng ko‘pi savdoda (7045 ta), sanoatda (6561 ta), qurilishda (3871 ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3630 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (750 ta), axborot va aloqada (754 ta) hamda tashish va saqlashda (1160 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda.

Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning soni, birlikda

photo5443046161012336807.jpg

Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rsak, eng ko‘pi savdoda (7045 ta), sanoatda (6561 ta), qurilishda (3871 ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3630 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (750 ta), axborot va aloqada (754 ta) hamda tashish va saqlashda (1160 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda.

O‘zA
2 536