Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 11:00 Chop etish versiyasi

“O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” xorijiy davlatlarda ham o‘z faoliyatini yuritadi

Xalqaro maydonda turli sohalarda faoliyat yuritishni istovchi yoshlarimiz uchun “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining axborot xizmati habar qiladi.

“O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini mamlakatimiz hududida va belgilangan tartibda vakolatxonalari tashkil etilgan xorijiy davlatlarda amalga oshiradi.

Endilikda assotsiatsiyaning Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Xitoy xalq Respublikasi va Qozog‘istonda vakolatxonalari ochilmoqda. Ushbu vakolatxonalar assotsiatsiyaning bir bo‘lagi sifatida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan O‘zbekistonlik yoshlarning muammo va yutuqlarini tahlil etish, ular bilan aloqa o‘rnatib, ular bilan ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, iternet tarmog‘ida kunu-tun ishlaydigan veb-portal, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish va ular orqali xorijga chiqib ketgan va chiqishni rejalashtirgan yoshlar uchun xizmatlar ko‘rsatilishini hamda maslahatlar berib borilishini yo‘lga qo‘yish;

Xorijdagi O‘zbekistonlik yoshlar o‘qiyotgan ta’lim muassasalari, ular mehnat qilayotgan korxona va tashkilotlarning manzillari, telefon raqamlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

Chet eldagi fuqarolarimizni O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib borish;

Yoshlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari natijasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qulay tadbirkorlik muhiti hamda yaratilayotgan ish o‘rinlari haqida axborot berib borish, xorijdan qaytib kelgan yoshlarning jamiyatga moslashishida va o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish;

Ularni turli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlarni amalga oshirish, bunday salbiy holatlarga tushib qolgan va uning qurboniga aylangan yoshlarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
7 802