O‘zA O`zbek

18.06.2018 16:01 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston yoshlari Qozog‘istonda

O‘quv yili nihoyasiga yetib, yozgi mavsum boshlangan bo‘lsada, hamma talabalar ham dam olishga shoshilayotgani yo‘q.

Xususan, Toshkent davlat agrar universitetining bir guruh iqtidorli talablari ayni vaqtda Xalqaro ISAS – 2018 yozgi maktabda o‘z malakasi va bilimini oshirmoqda.

Qozog‘iston boshlangan va 29 iyungacha davom etadigan yozgi maktabda MDHdagi o‘n yettita eng yirik universitet vakillari ishtirok etmoqda.

Qozog‘iston milliy agrar universitetida bo‘layotgan Xalqaro ISAS – 2018 yozgi maktabida biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishida Toshkent davlat agrar universitetining o‘simliklar himoyasi va agrokimyo fakultetida tahsil olayotgan yettita eng iqtidorli talaba ishtirok etmoqda.

Yozgi maktab ishtirokchilari sohaning yetuk olimlarining ma’ruzalarini tinglab, amaliy mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zlari olib borayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadilar.

Albatta, bu yoshlarning o‘z bilim va malakalarini oshirish, sohaga innovatsion yechimlar topishda o‘z natijasini beradi.

O‘zA
2 290