O‘zA O`zbek

10.01.2019 15:19 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston “The best countries for business” reytingida 105 oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston “The best countries for business” reytingida 105 oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston Forbes jurnalining “Biznes uchun eng yaxshi mamlakatlar” (The best countries for business) reytinggida 105 oʻrinni egalladi. Ushbu reyting mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi oʻsish koʻrsatkichi, savdo balansi hamda aholi soni asosida tuzilgan.

Reytingning birinchi oʻrnidan Buyuk Britaniya joy egallagan boʻlib, kuchli oʻntalikka Shveysariya yakun yasab bergan.

Shuningdek, Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori hisoblangan Xitoy reytingning 49 oʻrnidan joy egallagan boʻlsa, Rossiya ushbu reytingda 55 oʻrnida qayd etgan.

Ushbu reytingda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari: Qozogʻiston 65-oʻrin, Qirgʻiziston 108-oʻrin va Tojikiston 124-oʻrindan joy egallashgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston oʻtgan yili eʼlon qilingan Jahon banki Guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash boʻyicha “Biznesni yuritish – 2019” (Doing Business 2019) reytingida 74-oʻrindan 76-oʻringa pastlagan.

Mazkur jahon reytingida Yangi Zelandiya yana birinchi oʻrinni egallagan, Singapur, Daniya, Gongkong (Xitoy), Koreya Respublikasi, Gruziya, Norvegiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Makedoniya kabi mamlakatlar esa keyingi pogʻonadan joy olgan.

Temur Eshquvvatov, OʻzA
1 583