Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.05.2018 17:33 Chop etish versiyasi

“O‘zbekiston so‘mini qalbakilashtirish qonunga muvofiq ta’qib qilinadi”

“O‘zbekiston so‘mini qalbakilashtirish qonunga muvofiq ta’qib qilinadi”
O‘zbekistonning barcha so‘m kupyuralariga shunday yozilgan bo‘lsa-da, nafsning quli bo‘lgan ayrimlar bu eslatmaga ko‘z yumib, o‘z bilganlaridan qolmaydi.

Hamyoningizdagi pullar haqiqiymi? Bu savolni o‘zingizga berib ko‘rmagansiz, to‘g‘rimi? Chunki hammamiz menda qalbaki pul bo‘lmaydi, degan fikrdamiz.

Ammo qalbaki pul “ixtiro” qilib, uni sizu bizga o‘tkazishga harakat qilayotganlar, kam bo‘lsa-da, uchrab turadi.

Odatda, qalbaki pul “ishlab chiqaruvchi”lar yirik kupyuralarni ma’qul ko‘rishadi. Ana shunday ohangaronlik ishlab chiqaruvchi 50 ming so‘mlikni ma’qul ko‘rdi. U bir dasta yirik pulni olib bozorga yo‘l oldi.

Sotuvchilardan biri xarid qilingan mahsulot uchun uzatilgan yangi kupyuralarni qo‘lga olib, o‘ylanib qoldi. Haqiqiysidan unchalik farq qilmasa-da, bu kupyura qo‘liga sal “notanish” tuyuldi. Hushyor sotuvchi bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qildi.

IIV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu holat yuzasidan ko‘rilgan tezkor tadbirda kupyuralar qalbaki ekani aniqlangan. Ularni Ohangaron shahri Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi Z.I zamonaviy texnika qurilmalaridan foydalanib yaratgani ma’lum bo‘lgan va u qo‘lga olingan.

O‘zA
4 089