O‘zA O`zbek

04.03.2018 14:46 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston – Rossiya: Onlayn ma’ruza

O‘zbekiston – Rossiya: Onlayn ma’ruza Innovatsion texnologiyalarning hayotga tatbiq etilishi ta’lim tizimida ham o‘ziga xos burilish yasadi. Endilikda zamonaviy dasturlar orqali talabalar xorijdagi ta’lim standartlari, tajribalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘layotir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar tashkil etilib, jahonga taniqli ilm-fan namoyandalarining ma’ruzalarini tinglab, saboq olmoqda.

O‘zbekiston Milliy universitetining “Ijtimoiy ish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Rossiyaning Belgorod sotsiologik tadqiqotlar milliy universiteti hamkorligida “Ijtimoiy ishning texnologiyalari” mavzusida ana shunday vebinar (onlayn video konfrensiya) tashkil etildi. Ma’ruzani Belgorod sotsial tadqiqotlar milliy universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori Olga Volkova olib bordi.

Ma’ruza onlayn ravishda innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda olib borildi. Vebinar ochiq ma’ruzasi davomida yurtimiz talabalari ma’ruzani yozib borishdi va mavzu yuzasidan Olga Aleksandrovna savol-javob qilishdi.

O‘zMU talabalarining fikricha, onlayn muloqotlar jarayoni ta’lim sifatining yanada oshishiga xizmat qilar ekan.

O‘zA
5 722