Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 17:29 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi 2017-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov

E’LON QILADI   

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni talab qiluvchi davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsadi, vazifalari va shartlari

Davlat buyurtmachisi

mablag‘

(mln. so‘m)

Aholini, birinchi navbatda bolalar, yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy va iqtisodiy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini amalga oshirishga ko‘maklashish

 

Ustuvor yo‘nalish:  aholining ish bilan band bo‘lmagan qismini, birinchi navbatda yoshlarni, ayollarni va nogironlarni qo‘shimcha kasblarga qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish, ularning bandligiga ko‘maklashishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.

Maqsad: iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning respublika darajasidan past bo‘lgan o‘nta tumanda yashayotgan akademik litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini, shuningdek, ayollar va nogironlarni oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash.

Vazifalar:

- iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning respublika darajasidan past bo‘lgan o‘nta tumanda yashayotgan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini, ishsiz ayollarni va nogironlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish;

- 250 dan ortiq xotin-qizning individual ehtiyojlari hamda imkoniyatlarini baholagan holda o‘z bizneslarini ochishga va xususiy tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishiga ko‘maklashish;

- 1000 nafar ayolni biznes-reja tuzishga o‘rgatish, shuningdek, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z biznesini ochishni rejalashtirgan xotin-qizlarga axborot maslahatlari berish;

- 1000 nafar xotin-qizni “Ustoz-shogird” an’anasi asosida ishga joylashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi

 

 

300,0

 

Ustuvor yo‘nalish: o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy o‘qitishning ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali shakl va usullarini joriy etish.

Maqsad: respublikaning barcha umumta’lim maktablarida “Oila va maktab birgalikda – FAST” dasturini joriy etish.

Vazifalar:

- har bir mintaqada mahalliy trenerlar tayyorlash, ular tomonidan joylarda “kaskad” usulida o‘quvlar tashkil etish va salbiy holatga moyil guruhga kiruvchi oilalar va ularning farzandlari bilan profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etishga erishish;

- dasturning davomiyligini ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, vazirlik va idoralar hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, targ‘ibot ishlarini olib borish;

- dasturni joriy etish va uning samaradorligini aniqlash maqsadida respublika bo‘yicha monitoring yuritish;

- xorijiy mamlakatlar va xalqaro ekspertlarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

 

 

50,0

 

Ustuvor yo‘nalish: o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish.

Maqsad: umumta’lim maktablari o‘quvchilarining mustaqil va mantiqiy fikrlashini, aqliy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari o‘qishning ilg‘or usullarini joriy etish.

Vazifalar:

- umumta’lim maktablarining 5-9 sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va geometriya, ximiya va biologiya, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha beshta yo‘nalishda intellektual o‘yinlar konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish;

- XTV, OO‘MTV va FAning tajribali mutaxassislarini jalb etgan holda darsliklar asosida hamda maktab dasturlariga muvofiq har bir fan bo‘yicha savolnomalar tuzish;

- umumta’lim maktablarida jamoalarni tuzish va ularni musobaqalarga tayyorlashda ko‘maklashuvchi intellektual o‘yinlar klublarini tashkil qilish;

- tajriba tariqasida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining jamoalari o‘rtasida intellektual o‘yinlar musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish;

- MTRK telekanallarining birida intellektual o‘yinlarning televizion versiyasini tayyorlash, intellektual o‘yinlarning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini aniq misollarda ko‘rsatib beradigan maxsus teleko‘rsatuvlar, ijtimoiy roliklar tayyorlash va efirga uzatish;

- umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayoniga o‘quvchilarni sinfdan tashqari o‘qitishning shakli sifatida intellektual o‘yinlarni joriy etish. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

100,0

 

Ustuvor yo‘nalish: tabiat va tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida fuqarolarni tarbiyalash ishini, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishni va ommalashtirishni tashkil etish, ekologik ta’lim saviyasini oshirishga ko‘maklashish.

Maqsad:  atrof tabiiy muhitni, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida ko‘rgazmali materiallarni tarqatish, aholining keng qatlamlari ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish.

 

Vazifalar:

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har birida 50 tadan jami 700 ta maxsus ijtimoiy bannerlar tayyorlash hamda o‘rnatish.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

 

 

200,0

 

Ustuvor yo‘nalish: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko‘lamli chuqur bilimlarga ega bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti sharoitida keng ko‘lamli kasb malakasi va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalarini va ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish.

Maqsad: kollej o‘quvchilarining o‘qishdan bo‘sh vaqtida qandolatchilik, tikish-bichish va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalar egallashlariga sharoit yaratishga ko‘maklashish uchun Samarqand viloyati kollejlaridan birining bazasida tajriba o‘quv-ishlab chiqarish “O‘quv kompleksi”ni tashkil etish.

Vazifalar:

- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb yo‘nalishlarini aniqlash, o‘quv jarayonida foydalanish uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

- qishloq aholisi kam ta’minlangan oilalarining farzandlari bo‘lgan o‘quvchilardan tinglovchilar guruhlarini shakllantirish;

- kasb-hunar kolleji o‘quvchilari va bitiruvchilarida, uyushmagan yoshlarda qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, maxsus guruhlar tuzish va o‘quv jarayonini tashkil etish;

- qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan guruh yoshlarining tijorat banklari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa manbalardan mikrokreditlar olishiga va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish.

Samarqand viloyati hokimligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi

 

 

200,0

II. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish, aholining xuquqiy ongini oshirish, milliy jurnalistikaning eng yaxshi yutuqlarini keng ommalashtirish

 

Ustuvor yo‘nalish: milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, “Elektron hukumat” tizimini, elektron imzo ishlatilishini joriy etish.

Maqsad: joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida aholining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil qilish.

Vazifalar:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida aholining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etish, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (www.my.gov.uz), kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalining (www.e-kommunal.uz) maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, fuqarolarning mazkur tizimlar bilan mustaqil ishlay olishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

 

 

100,0

 

Ustuvor yo‘nalish: fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish, aholining ta’lim, ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining keng rivojlanishiga ko‘maklashish.

Maqsad: yuksak kasbiy mahoratini va fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan jurnalistlar mehnatining umume’tirof etilishi va munosib baholanishiga ko‘maklashish maqsadida an’anaviy Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan jurnalistika sohasida «Oltin qalam» Milliy mukofoti XII Xalqaro tanlovini o‘tkazish.

Vazifalar:

- milliy jurnalistikaning eng yaxshi yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jurnalistlar mehnatini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish;

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashda OAV va jurnalistlarning rolini kuchaytirish, davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonun va huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish;

-  OAVlar va jurnalistlarning yoshlar siyosiy hamda fuqarolik faolligini oshirish, ularda mustaqil fikrlashni, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish;

- so‘z va axborot erkinligini ta’minlashda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda, ularning ochiqligini ta’minlashda OAVlarining rolini oshirish.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

 

 

400,0

III. Millatlararo madaniy munosabatlarni rivojlantirish, zamonaviy O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va birdamlik, xalqlarning madaniy-tarixiy merosi, an’ana va udumlari sohasida erishilgan yutuqlarni keng namoyish qilish

 

Ustuvor yo‘nalish: turli diniy tashkilotlarga o‘z faoliyatini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish, jamiyatda millatlararo va dinlararo tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, konfessiyalararo muloqotlar madaniyatini rivojlantirish.

Maqsad: O‘zbekistonda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, jamiyatda konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqidagi axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish.

Vazifalar:

- buyuk olim Imom Buxoriy hayoti va faoliyatini yorituvchi, badiiy nashr talablariga javob beruvchi yuqori sifatli materiallarni jamlash;

- buyuk olimning ma’naviy merosiga, Samarqanddagi “Imom Buxoriy” memorial majmuasini qayta tiklash bo‘yicha bunyodkorlik ishlariga, “Imom Buxoriy” xalqaro markazi faoliyatiga asoslangan hamda yoshlarni ma’naviy-tarixiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan broshyuralar, risolalar va bukletlar tayyorlash va chop etish;

- “Imom Buxoriy hayoti, faoliyati va bugungi kun” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish;

- o‘zbek, ingliz va rus tillarida “Imom Buxoriy hayoti va uning ma’naviy merosi” kitob-albomini chop etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita

 

 

100,0

 

Ustuvor yo‘nalish: iqtisodiyot, madaniyat, ilmiy-texnikaviy ayirboshlash hamda savdo sohasida O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning xalqaro aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish.

Maqsad: bugungi O‘zbekistonning xalqaro madaniy-gumanitar munosabatlar va aloqalar sohasida erishgan yutuqlarini, mamlakatning tarixiy-madaniy obyektlari, ma’naviy merosi va salohiyatining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida axborot beruvchi “Diplomatiya lug‘ati"ni chop etish.

Vazifalar:

- O‘zbekistonning asrlar davomida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy yodgorliklari, xalq hunarmandchiligi buyumlari va boshqa madaniy-ma’rifiy merosi haqidagi materiallarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, “Diplomatiya lug‘ati” kitobi loyihasi shaklida tizimlashtirish;

- o‘zbek tilida rangli tasvirdagi “Diplomatiya lug‘ati”ni kitob shaklida tayyorlash va 1000 nusxada chop etish;

- o‘zbek xalqining umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan buyuk hissasi to‘g‘risidagi materiallar bilan jahon jamoatchiligini tanishtirish;

- oliy o‘quv yurtlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan sheriklikda turkum ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil etish, tahliliy axborot va ilmiy hamjamiyatning ongu shuuriga O‘zbekistonning milliy an’ana va udumlari ajdodlardan meros bo‘lib qolganini va gullab- yashnayotganligini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘un ekanligini singdirish;

- “Diplomatiya lug‘ati” kitobining taqdimotini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga, Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, respublika kutubxonalariga tarqatish;

- “Diplomatiya lug‘ati” kitobining elektron nusxasini yaratish hamda uni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining internet tarmog‘idagi elektron kutubxona bazasiga joylashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

 

 

180,0

 

Ustuvor yo‘nalish: NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, jamiyatda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash.

Maqsad: Xorazm viloyatidagi NNTlar hamda milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi, o‘zaro tajriba almashishi va hamkorlik qilishi uchun qulay shart-sharoit yaratish.

Vazifalar:

 “NNTlar va do‘stlik uyi” ijtimoiy sheriklik va hamkorlik markazi binosini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

- “NNTlar va do‘stlik uyi” ijtimoiy sheriklik va hamkorlik markazi bazasida seminar-treninglar, konferensiyalar o‘tkazish uchun sharoit yaratish, zarur texnik vositalar bilan jihozlash;

- hududiy NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylardagi sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar rivojlanish masalalarni hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi rolini yanada kuchaytirish;

- hududlarning dolzarb ijtimoiy-iqtsiodiy, madaniy-gumanitar vazifalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va mintaqaviy NNT vakillari ishtirokida seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;

- NNTlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga uslubiy maslahat va ko‘mak ko‘rsatish, o‘zaro tajriba almashish tizimini yaxshilash;

- Ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davlat dasturlarini va boshqa ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda, shuningdek, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi masalalari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish;

- joylardagi ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal qilishda NNTlar ishtiroki samarasini kuchaytirish.

Xorazm viloyati hokimligi

 

 

770,0

 

Jami

2 400 mln. so‘m

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagihujjatlar taqdim etilishi zarur:

Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza.

Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Nizomi nusxasi.

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.

Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2017-yil 27 fevraldan 3 aprelgacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga «O‘zbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uzrasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.


4 214






Все о погоде - Pogoda.uz