Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 12:50 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning muhim poydevori

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Bosh qomusimizning yigirma besh yilligiga bag‘ishlab «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning muhim poydevori» mavzuida talaba va magistrlarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 8 dekabr xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiya o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanishida asosiy dasturilamal bo‘ldi.

Yurtimizda yuz berayotgan siyosiy yangilanishlar, ulkan islohotlar amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga tatbiq etishda ushbu hujjat muhim ahamiyat kasb etayotir.

Anjumanda qayd etilganidek, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodni ularga hurmat ruhida tarbiyalash inson manfaati, huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, hayotimizning erkin va obod, turmushimizning yanada farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 398