O‘zA O`zbek

16.04.2018 11:52 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Bosh direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Bosh direktoriga o‘rinbosar tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-apreldagi qaroriga ko‘ra O‘rozov Abu Bakr Qulto‘rayevich O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abu Bakr O‘rozov O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Respublika axboroti tahririyati agrar bo‘limi sharhlovchisi, Bosh direktor yordamchisi, Mahalliy axborot tahririyati bosh muharriri, Kotibiyat mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2016-yildan O‘zA Bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Agentlikning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri vazifasida ishlagan.

O‘zA
3 310