Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.06.2018 12:05 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston ilk bor elektr energetika sohasiga bag‘ishlangan yirik anjumanga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor elektr energetika sohasiga bag‘ishlangan yirik anjumanga mezbonlik qiladi
Toshkent shahrida 25- iyun kuni “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Anjuman ishida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonning elektr energiya xoldinglari va korporatsiyalari rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari hamda global konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

“O‘zbekenergo” AJdan ma’lum qilishlaricha, xalqaro anjuman kun tartibidanOsiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston elektr energetika sohasiga olib kirayotgan investitsiyalarga oid masala ham o‘rin olgan.

Malohat Husanova, O‘zA
1 427