Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.10.2017 18:44 Chop etish versiyasi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Davlat bojxona qo‘mitasining «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar hamda bojxona xodimlari ishtirok etdi.

1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonun tilimizni yanada rivojlantirish, boyitish va sofligini asrashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Mazkur qonunning hayotga keng joriy etilishi ona tilimizga ma’naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida qarashdek yondashuvning ravnaq topishida asosiy omil bo‘lmoqda.

Qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ba’zan bu borada kamchiliklar uchrayotgani, jumladan, ko‘chalardagi tashqi reklamalarda, televideniye va radiodagi boshlovchilar nutqida adabiy til va imlo qoidalarining buzilishi, shevaga doir va boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llash holatlari ko‘zga tashlanayotganligi qayd etildi.

Bojxona rasmiylashtiruvi va boshqa hujjatlar bilan ishlashda soha xodimlari tomonidan ona tili me’yorlariga qat’iy rioya etilishi zarurligi aytildi.

Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
3 055






Все о погоде - Pogoda.uz