O‘zA O`zbek

06.03.2018 08:04 Chop etish versiyasi

O‘zbek portret Antologiyasi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida shu nomli ko‘rgazma namoyishi boshlandi.

Mazkur ko‘rgazmadan muzey fondida saqlanayotgan taniqli rassomlar A.Isupov, L.Nasriddinov, O.Tatevosyan, A.Abdullayev, P.Benkov va boshqalarning portret janrida yaratgan asarlari joy olgan.

XX asrning portret janrida yaratilgan eng sara asarlarda o‘sha davr odamlarining qiyofalari ichki hislari bilan uyg‘un holda mohirlik bilan tasvirlangan. Ular orasida Hamid Olimjon, Lutfixonim Sarimsoqova kabi mashhur ijodkorlar bilan bir qatorda, ishchilar, usta-hunarmandlar qiyofalari aks ettirilgan.

Ko‘rgazma bir oy davom etadi.

Inobat Ahatova, O‘zA
4 711