Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.12.2017 19:13 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot 2017-yil 15-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisini joriy yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi muhokamasiga 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarning izchil ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Harbiy doktrinasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar shular jumlasidandir.

Shu bilan bir qatorda yalpi majlisda senatorlar 2018-yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2017-yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n uchinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
2 098