O‘zA O`zbek

18.08.2018 18:20 Chop etish versiyasi

O‘ynab yozsangiz ham, o‘ylab yozing!

O‘ynab yozsangiz ham, o‘ylab yozing!
Osiyo o‘yinlari nufuzini hatto sportga biroz bo‘lsa-da havasmand bo‘lganlar ham juda yaxshi bilishadi. Tizimda ishlayotganlarni esa endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ravering.Nechog‘lik mas’uliyat, sharaf, Prezident va xalq oldida javobgarlik hissi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning bir lahza ham xayolidan ketmaydi. Har bir bosilgan qadam, har bir soniya rejalashtirilgan. Buni aqli raso kishilar yaxshi anglaydi.

Bugun esa ba’zi bir internet saytlari Jismoniy tarbiya va sport vazirining Jakartaga safarini to‘liq o‘rganmay, turli xil noto‘g‘ri xabarlar tarqatdi. Bu esa, o‘z navbatida, asl vaziyatni bilmaganlar uchun turli gumon va shubhalarni uyg‘otishi tabiiy.

Yana bir karra eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga O‘zbekiston sport delegatsiyasiga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchilik qilmoqda. Ular shunchaki ishtirok etish yoki sportchilarga boshchilik qilish uchungina emas, sportchilarimiz orqali O‘zbekiston sharafini yuqori marralarga ko‘rtarish uchun kelgan.

64072618-d414-471c-9c4b-2694d03e41f4.jpg

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdulla Zuparovning ma’lum qilishicha, delegatsiya rahbari sportchilar shaharchasida musobaqalar bo‘lib o‘tadigan arenalar bilan tanishdi hamda u O‘zbekiston sportchilari bilan doimo birga. Vazir Osiyo o‘yinlari bahslariga kirishayotgan har bir sportchi bilan uchrashib, ularga ruhiy dalda bermoqda. Kun davomida bu haqda vazirlikning rasmiy veb-sayti minsport.uz, sports.uz, qolaversa, O‘zbekiston Milliy axborot agetligining rasmiy uza.uz saytida axborotlar berib borildi. Bundan keyingi voqealar rivoji haqida axborotlar muntazam berib boriladi.

a58213bb-c48a-4390-bd47-f749ebaa1679.jpg

Shu o‘rinda, Osiyo o‘yinlarini yoritish uchun jalb qilingan jurnalistlarimizdan har bir axborotni tarqatishda xolislik mezonlariga amal qilishlarini iltimos qilamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

O‘zA
2 420