Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.02.2018 20:30 Chop etish versiyasi

O‘tgan hafta yo‘l-transport hodisasi tufayli 100 dan ziyod fuqaro jarohatlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018-yil 5-11-fevral kunlari respublika avtomobil yo‘llarida jami 120 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 113 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Xabarda o‘tgan hafta davomida respublika yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 90 ming 500 ga yaqin qoidabuzarliklar aniqlangani aytilgan. Ularning 46 ming 638 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Jumladan, 1 ming 883 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 15 ming 284 holatda haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 119 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan. Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 205 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 1 ming 124 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 447 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.


Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
6 187