Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 19:26 Chop etish versiyasi

Senat komissiyasi tomonidan Samarqand shahar IIB faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan shaharda olib borgan o‘rganishlari natijasi muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis yuqori palatasiga ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish vazifasi qo‘yilganini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, Senat huzurida Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyasi va hududiy komissiyalari tashkil etildi. Jumladan, Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan o‘n kun davomida Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Samarqand shahrida ayrim jinoyatlar kamaygan bo‘lsa-da, qotillik, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va avtotransport vositasini olib qochish holatlari oshgan. 122 mahallada jinoyatlar qayd etilgan. Muqaddam sudlanganlar tomonidan takroran jinoyat sodir etilishi ham ko‘paygan.

Sessiyada ichki ishlar idoralari, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash, voyaga yetmaganlarning noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketishining oldini olish, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlarning axborotlari eshitildi. Shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
769






Все о погоде - Pogoda.uz