Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 16:54 Chop etish versiyasi

O‘quvchilar o‘rtasida “Konstitutsiya mening hayotimda” mavzuida tanlov o‘tkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Akademiya rektori R.Qosimov va boshqalar Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlangani yosh avlod tarbiyasi va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga egaligini, shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining tadbirlar dasturiga muvofiq Akademiya Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi va Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda Shayxontohur tumanidagi o‘ttiz beshta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya mening hayotimda” mavzuida ijodiy tanlov o‘tkazdi. Unda qariyb 7 ming 500 dan ziyod o‘quvchi qatnashdi.

– Huquqiy madaniyat bu nafaqat Konstitutsiyani bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, balki qonunlarga qat’iy amal qilish va ularni hurmat qilish ham demakdir, – deydi tumandagi 34-umumta’lim maktabi o‘quvchisi, tanlov g‘olibi Hikmatullo Komilov. – Mening ijodiy ishim yoshlarining huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Bu borada ilgari surgan fikr-mulohazalarim soha mutaxassislari tomonidan ijobiy baholanganidan xursandman.

Tadbirda taniqli san’atkorlar va yoshlar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
814






Все о погоде - Pogoda.uz