Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 18:46 Chop etish versiyasi

O‘quvchilar bilan uchrashuv

Mamlakatimiz sud-huquq sohasida izchil islohotlar amalga oshirilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Toshkent soliq kolleji o‘quvchilari bilan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari F.Abduazimov va boshqalar mamlakatimiz sud tizimida amalga oshirilgan islohotlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi tizimini rivojlantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, xususan, bunda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati haqida tushuntirib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sudning yagona oliy organga birlashtirilishi, sud-huquq tizimida yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining "Sudlar to‘g‘risida"gi qonuniga, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga kiritilayotgan o‘zgartishlar hamda qo‘shimchalar mamlakatimizda sud tizimini yanada chuqur isloh qilish, demokratlashtirish, odil sudlovning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

– Bugungi tadbirda sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar, qabul qilingan hujjatlarning mazmuni haqida bilim va tushunchaga ega bo‘ldik, – deydi kollej o‘quvchisi D.Muhammadjonova. – Sohadagi bunday islohotlar sud, huquqni muhofaza qilish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshiradi va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlaydi. Biz ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati, jumladan, plenum va sud zallari bilan tanishdik. Ayniqsa, bu yerda tashkil etilgan muzey ekspozitsiyalarida sud-huquq sohasining tarixi va bugungi jarayoni aks ettirilgani e’tiborlidir.

Tadbirda o‘quvchilar savollariga mutaxassislardan javob oldi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
1 172






Все о погоде - Pogoda.uz