Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.06.2018 12:48 Chop etish versiyasi

O‘qituvchilar qog‘ozbozlik va majlisbozlikdan ozod etiladi

O‘qituvchilar qog‘ozbozlik va majlisbozlikdan ozod etiladi
O‘qituvchining asosiy vazifasi bolalarga bilim berish. Lekin shu paytgacha ularning turli ishlarga jalb etilishidan tashqari ularni tez-tez turli majlislarga chaqirish, turli qog‘ozlarni to‘ldirishga majburlash amaliyotning keng yoyilgani o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga deyarli vaqti qolmasligiga sabab bo‘ldi. Axir darsdan keyin to‘rt soatlab turli hisobotlar to‘ldirgan odamning boshqa ish qilishga vaqti ham qolmaydi. Bunday salbiy holatlarga endi butunlay chek qo‘yish kerak.

Ushbu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tganvideoselektor yig‘ilishida bildirildi.

Bosh vazir Prezidentimizga ham ma’qul kelmayotgan bu kabi ishlarga Xalq ta’limi vazirligiga tayinlangan yangi rahbarlar chek qo‘yishi zarurligini ta’kidladi. Bu borada yangi vazir Sh.Shermatovga zarur topshiriqlar berildi.

Bundan buyon maktablar faqat bevosita Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajaradi. Hokimlar yoki boshqa mansabdor shaxslar ta’lim tizimiga o‘z hukmini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayniqsa, ular tomonidan xalq ta’limi tizimi xodimlarini majlislarga chaqirish man etiladi.

Videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

Norgul Abduraimova, O‘zA
1 297