O‘zA O`zbek

22.02.2018 09:59 Chop etish versiyasi

O‘qituvchilar – janubiy koreyalik ko‘ngillilar

O‘qituvchilar – janubiy koreyalik ko‘ngillilar Janubiy Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ushbu oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan dasturchilarning professional darajasini oshirishda mazkur mamlakat mutaxassislari ishtirok etishi imkoniyatini muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuvda universitet va KOICA vakillari ta’lim tizimini takomillashtirish hamda yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, IUTda ayrim fanlardan ta’lim berish uchun Janubiy Koreyadan ko‘ngillilarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ayni paytda KOICA ko‘magida universitet talabalariga koreys tilidan saboq beruvchi bir nafar ko‘ngilli jalb etilgan.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari xususida kelishib oldi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
4 876