Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 12:19 Chop etish versiyasi

O‘n uchinchi avtoulov Denovda olib qochildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashaydigan X.A. tungi soat 22.00 da Surxondiyor mahallasi hududidagi “Orol” oshxonasi oldidan “Matiz” rusumli davlat raqami 75 N 801 HA bo‘lgan avtomashinani olib qochadi. Namozgoh mahallasida yashaydigan E.Ermo‘minov oshxona oldidagi yengil avtomobil bir zumda g‘oyib bo‘lganidan ajablanib, onasi O.Ortiqovaga tegishli mazkur avtoulov olib qochilgani haqida darhol tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berdi. Viloyat bo‘yicha e’lon qilingan “to‘sib ushlash” tadbiri tufayli muqaddam ana shunday qilmishi uchun sudlangan X.A. uzoqqa qochib keta olmadi. Ikkinchi marta avtomashina olib qochishga uringan 26 yoshli  йигитнинг bu safar ham "omadi" kelmadi. Daliliy ashyo bilan qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatida transport vositasini o‘g‘rilash bo‘yicha 1, olib qochish bilan bog‘liq 13 jinoyat sodir etilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ularning barchasi fosh etilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
5 552