Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 12:35 Chop etish versiyasi

Nozirlar malaka oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining o‘quv poligonida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha nozirlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi xodimlari, yurtimizning barcha hududlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha nozirlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda qariyb 3900 militsiya tayanch punkti faoliyat ko‘rsatib, ularda besh mingdan ziyod profilaktika noziri xizmat qilmoqda. Jinoyatchilik, ayniqsa, yoshlar va ayollar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylar va aholi turar joylarida seminar va mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Profilaktika nozirlari zimmasiga yuklangan vazifalariga ko‘ra yuqori kasb malakasiga ega, zamonaviy pedagogik, psixologik bilimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni ijrosi doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzurida malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Hozirgi kunda mazkur kurslarda to‘rt yuz nafar profilaktika noziri o‘qitilmoqda. O‘quv poligonining axborot-resurs markazi barcha zarur adabiyotlar, darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari sport zali va o‘q otish maydonida o‘tkaziladi.

– Mahallamizda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 112-militsiya tayanch punkti profilaktika noziri S.Asomov. – Ular orasida ko‘pchilikni tashkil qiladigan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar doimiy e’tiborimiz markazida. Biz maktab o‘quvchilarining davomatini tekshirib, ularning ota-onalari bilan muntazam aloqa qilib turamiz. Mazkur o‘quv kursi jarayonida yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdim, jismoniy va jangovar tayyorgarligim oshdi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
389






Все о погоде - Pogoda.uz