Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.05.2018 13:07 Chop etish versiyasi

Nogironlarning haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi belgilandi

Nogironlarning haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi belgilandi
Endilikda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil avtotransport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish moneliksiz amalga oshiriladi.


Adliya vazirligida Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. 

Nizom bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haydovchi va haydovchilikka nomzod sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi aniq belgilandi.

Avval bunday shaxslar haydovchilik uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishida muammolarga duch kelar edi.

Endilikda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil avtotransport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish moneliksiz amalga oshiriladi. 

Shuningdek, hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, muddatlari hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan nogironlik toifalari belgilandi.

O‘zA
1 968