Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.06.2018 12:51 Chop etish versiyasi

Nogironlarni ishga qabul qilishda hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi

Nogironlarni ishga qabul qilishda hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda kamsitilishga yo‘l qo‘yilsa, javobgarlik muqarrar.

Prezidentning 2018 yil 11 iyunda “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, shuningdek, nogironligi bo‘yicha hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi.

O‘zA
1 114