Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 15:29 Chop etish versiyasi

Nogironlar qo‘llab-quvvatlandi

Nogironlar qo‘llab-quvvatlandi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan qator ishlar amalga oshirilayotir.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari, Mehribonlik, Muruvvat, Saxovat uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari qo‘llab-quvvatlanib, ularga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport invertarlaridan iborat muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

13.JPG

Toshkent Fotosuratlar uyida o‘tkazilgan xayriya tadbirida ham poytaxtimizda va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolarga maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari, yurish moslamalari va boshqa jihozlar topshirildi.

Tadbirda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova va boshqalar aholimizning ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 1-avgustdagi «Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi keksalar, pensionerlar, nogironlar va imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

2.JPG

Prezidentimizning shu yil 1-dekabrdagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni nogironlarga qulay hayotni ta’minlash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga, ularning jamiyat hayotida to‘liq va teng huquqli ishtirok etishiga, bu yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Mohigul Qosimova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
697






Все о погоде - Pogoda.uz