Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2018 10:33 Chop etish versiyasi

Nodavlat ta’lim xizmatini takomillashtirish yo‘lida

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mazkur inspeksiyaning hududiy bo‘limi xodimlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, viloyat maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi boshqarmalari, shahar, tuman bo‘limlari mas’ullari, nodavlat ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatish istagini bildirgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Choriyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ul xodimi R.Rustamov, Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda nodavlat ta’lim tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Viloyatda 11 nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Yil yakunigacha yana 14 nodavlat umumta’lim maktabi va 242 maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshlaydi.

– Endilikda yurtimizda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatishining barcha asoslari yaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi rahbari M.Mirzayev. – Tadbirda ularning faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari hamda bu jarayonda Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar xususida atroflicha fikr almashildi. Nodavlat va davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritadigan dargohlar ta’lim-tarbiya berishni sifat jihatidan takomillashtirish, samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
1 632