Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2018 11:00 Chop etish versiyasi

Niqob kiygan bosqinchilar

IIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida 4 nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda, 1982 yilda tug‘ilgan M.Saidovaning uyiga bostirib kiradi. Jabrlanuvchiga qo‘llari bilan tan jarohati yetkazib, uning pullari hamda “Samsung” va “Nokia” mobil telefonlarini olib voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Sariqqamish mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan D.Abduvaitov, Sariosiyo tumani Jarobod mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.Ashuraliyev va Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Oltinko‘l mahallasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Sergeli tumani Bezakchi 2-tor ko‘chasi 26-uyda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan B.Begmuratov, Sariosiyo tumani Jarobod mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan T.Nazarovalar sodir etganligi aniqlanib, bosqinchilar qo‘lga olingan.

O‘zA
4 004