Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.12.2017 16:40 Chop etish versiyasi

«Nazira» badiiy filmi premyerasi

Tadbirkorlik, ro‘zg‘orni aql bilan boshqarish, sadoqat va matonat o‘zbek ayolining qonida bor. Faxriddin Nizomov ssenariysi asosida suratga olingan «Nazira» filmida ana shu sifatlarga ega bo‘lgan ayol haqida hikoya qilinadi.

Kinematografiyani rivojlantirish markazida mazkur filmning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun namoyishi hamda filmga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda film ijodkorlari, aktyorlar, san’atshunoslar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Film rejissyori J.Qosimov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan kino san’atini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Film qahramoni Nazira Shodmonova mahalliy amaldorlar timsolidagi korrupsiyalashgan tizimga qarshi borishga, tinmay kurashishga majbur bo‘ladi. Ba’zan qoqiladi, mol-mulki talon-taroj bo‘ladi, tadbirkorligini qaytadan boshlaydi, salomatligidan ayriladi, ammo ortga chekinmaydi. Barcha sinovlardan mardonavor o‘tadi...

Bosh qahramon obrazini Shodiya Abduqodirova hamda Muyassar Berdiqulova yaratgan. Shuningdek, filmda Akbarxo‘ja Rasulov, Sanjar Sattorov, Tohir Saidov va Po‘lat Saidqosimov rol ijro etgan.

Matbuot anjumanida mutaxassis va kinoijodkorlarning film haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 594