Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2017 17:00 Chop etish versiyasi

Navoiyda “Kamalak” bilimdonlari” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Navoiyda o‘tkazilgan “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Nurota tumanidagi 55-umumta’lim maktabining “Nurli kelajak” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

– Bunday tadbirlar biz, yoshlarni yanada faol bo‘lishga undaydi, – deydi “Nurli kelajak” jamoasi sardori Umida Nasriddinova. – Tanlovda g‘olib chiqishimiz oson bo‘lgani yo‘q. Maktabimizda biz, yoshlarning puxta bilim olishimiz, iste’dod va salohiyatimizni yuzaga chiqarish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Tanlovning mamlakat bosqichida ham g‘olib bo‘lishga harakat qilamiz.

Tanlovda ishtirok etgan 10 jamoa she’r, qo‘shiq, monolog, slaydlar vositasida o‘z jamoasini tanishtirib, bolalar o‘rtasidagi ayrim muammolar va ularning yechimlari aks etgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.

Tadbir doirasida "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
3 315






Все о погоде - Pogoda.uz