O‘zA O`zbek

04.06.2018 15:34 Chop etish versiyasi

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullarda yuzlab masalalar ijobiy yechim topdi

Navoiy viloyatining Qi­zil­tepa, Xa­tirchi va Uchquduq tumanlarida viloyat prokurori, ichki ish­lar va davlat soliq boshqar­masi boshliqlari to­monidan o‘tkazilgan sayyor qa­bullarda mahalla­lar­dagi yuzlab masa­la­lar ijobiy yechimini topdi.

2-sektor rah­bari, viloyat prokurori X.Kari­mov Qiziltepa tuma­nidagi “Bo‘s­ton” mahalla fu­qarolar yi­g‘i­nida aholi bi­lan yuzma-yuz mu­loqot olib bo­rdi. Bu ja­rayonda 15 masala jo­yida hal etilgan bo‘lsa, qol­­gan 25 murojaat yechimi yuzasidan te­gish­li choralar ko‘rilmoqda.

– 10 nafar kam ta’minlangan oila­ farzandlari uchun yozgi oromgoh­larga, 1 nafar fuqaroga esa sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriyga bepul yo‘llanma berildi, – deydi vi­loyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘­yicha katta yordamchisi A.Ja­mo­lov. – Qabul davo­mi­­da aholi orasida yangi qonunchilik normalari targ‘iboti olib borildi.

Xatirchi hamda Nurota tumanlari 3-sektor rahbari, viloyat ichki ishlar boshqar­masi boshlig‘iga biriktirilgan. Aho­lining turmush tarzi va yashash sha­roi­tini yaxshilashga ko‘maklashish maq­sa­di­da boshqarma boshlig‘i R.Tursunov Nurota tumanining Temirqovuq ma­hal­lasida bo‘ldi. Sayyor qabulda yil­lar da­vomida hal etilmagan ko‘plab muam­­molar shu kunning o‘zida yechim topdi.

– Voyaga yet­ma­­gan nogiron far­­­zan­dim­ga qarayotgan­li­gi sa­babli turmush o‘r­tog‘imning ish staji bilan bog‘liq muam­­­­­mo yuza­sidan amaliy yordam so‘rab mu­ro­jaat qildim, – dey­di fu­qa­ro Sh.Nor­qu­lov. – Sektor rah­barining ko‘r­satmasi aso­sida mazkur masala atrof­li­cha ko‘­rib chiqildi, shu yerning o‘zi­­da ijo­biy hal qi­lindi.

Shuningdek, to­morqa may­­­d­on­lari­ni su­g‘o­rishda yuzaga ke­la­yot­­gan muammo­lar, tadbirkor­lik­ni boshlash uchun kre­dit olish, yo‘l­lar­ni ta’mirlash hamda “Tez tibbiy yor­dam” xizmatining qo­­­ni­qar­sizligi borasida bildirilgan mu­­ro­jaatlar ham atroflicha o‘rganilib, ijrochilarga ularni hal etish bo‘­yicha top­­­­shi­riqlar berildi.

Xuddi shunday tadbir Xatirchi tu­ma­ni­­da ham o‘tkazildi. Unda, asosan, aho­li tomonidan ijtimoiy ko‘mak ham­da ishsizlik ma­salasi xususida muro­jaat­lar qilindi. Sayyor qabul doira­si­da mehnat yar­mar­­kasi o‘tkazilib, 40 dan or­tiq fuqaroga ishga kirish uchun yo‘llanma berildi. Shu bi­lan birga, mod­diy ko‘­makka muhtoj kishi­lar­ga nogi­ronlik ara­va­chalari ham­da dori-dar­mon­lar tarqatildi.

Uchquduq tumani viloyat dav­­lat so­liq boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi 4-sektorga biriktirilgan. Sektor ta­shab­busi bilan homiy tash­kilotlar ko‘magida joriy yil­da Qulquduq hamda Aktov ovul­lari­dagi 214 xo­na­don to‘liq ta’­mir­la­nib, elektr ta’minoti yaxshilandi. Maz­kur jarayon Qul­qu­duq ovu­lidagi maktab va maktabgacha ta’­lim muas­­sa­sasi, qish­loq vrachlik punk­ti­da ham da­­vom etmoqda.

Boshqarma boshlig‘i A.Bozo­rov­ning vi­­loyat korxona-tash­ki­lotlar rahbar­lari ish­tirokida ushbu ovul fu­qarolar yi­­g‘i­nida o‘tkazgan ommaviy sayyor qa­bu­li­da 200 nafarga yaqin fuqaro ish­ti­rok etdi.

Yuzma-yuz muloqotda aholi tomo­ni­dan ishga joylashtirish, tadbirkor­­lik, bankdan kredit olish, uy-joy, no­gi­ron­­likni belgi­lash, pen­siya va na­faqa ta’­mi­noti bilan bog‘­liq ma­sa­la­lar o‘rtaga tash­landi.

Uchrashuvda 3 na­far fuqaro tad­­birkor si­fa­tida davlat ro‘yxatiga olin­­gan bo‘lsa, 2 oila far­zand­lari maktab­gacha ta’­lim muassa­sasiga joylash­ti­ril­di. Bun­dan tash­qari, is­siq­xo­na fao­liyati bilan shu­g‘ullanish ma­salasida mu­rojaat qil­­gan 3 tadbirkorga yer maydon­lari ajratish bel­gi­landi.

– Ko‘p yillardan buyon yurak ka­salligidan aziyat chekib ke­la­man, –deydi Al­tin­tov ovulida yashovchi A.Tilu­bayeva. – Uch­ra­shuvda nogiron­ligim yuza­si­dan tib­biy mehnat ekspert ko­­­­­mis­siyasining xulosasini olish­­­­da amaliy yordam so‘­ra­dim. Tegishli mutaxassislar uyim­ga kelib, sog‘­li­g‘imni tek­shirib, tib­biy xulosa berdi. Muam­moning ijo­biy yechim top­gani xasta­li­gimga mal­ham­dek bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida tashkil etil­gan meh­nat yarmarkasida 32 nafar fu­­­qaro ishga joylashtirilib, shu yer­ning o‘zida meh­nat shartnomalari imzo­landi.

Sektorlar rah­barlarining sayyor uchrashuvlari chekka qishloqlarda yashayotgan aholi muam­­­molarining ham samarali yechim topi­shida muhim ahamiyat kasb etayot­gani bi­lan bir­ga, xalqning davlatga bo‘l­­gan ishonchini yanada oshirmoqda.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 684