Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.03.2017 18:48 Chop etish versiyasi

Namunali militsiya tayanch punktlari

Namunali militsiya tayanch punktlari Qarshida “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Militsiya tayanch punktlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ish tajribasini ommalashtirish va rag‘batlantirishda mazkur ko‘rik-tanlov muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda militsiya tayanch punktlarining xizmat ko‘rsatish hududidagi vaziyat, profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi bilan hamkorligi, bilim va tajribasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

14 militsiya tayanch punkti ishtirok etgan tanlovda Qarshi shahrining “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20-militsiya tayanch punkti birinchi o‘rinni egalladi va mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Keyingi o‘rinlarga Shahrisabz tumani “Qoziguzar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 116- va Kasbi tumani “Qamashi” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 238-militsiya tayanch punktlari sazovor bo‘ldi. Tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
2 263






Все о погоде - Pogoda.uz