Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.03.2018 21:23 Chop etish versiyasi

Namanganda yo‘qolgan qiz qoraqalpog‘istonda topildi

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Nozigul Ismailova ismli qiz bedarak yo‘qolgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida qiz Qoraqalpog‘istonda topildi.

U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi Izbasar Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant Rustam Xidirov sa’y-harakati bilan topildi. Joriy yilning 20-fevral kuni qiz ota-onasiga topshirildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sinchkovligi natijasida ota-onasining bag‘riga qaytarilgan qizning onasi Dilnoza Parpiyevadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga minnatdorchilik xati keldi. Uning mazmuni quyidagicha:

Uchqo‘rg‘on tumani “Yog‘du” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nurabod ko‘chasi 44-uyda istiqomat qilaman. Qizim uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi I.Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant R.Xidirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida farzandimni topib berib, xavf-xatarning oldini oldi. Buning uchun ushbu xodimlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.        

          

Анвар Nasirlayev, O‘zA
4 554