Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 15:40 Chop etish versiyasi

Namanganda “Eng namunali oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda 11 oila tanishtiruv, tezkor savol-javob va “Oila mustahkamligi – yurt tinchligi” mavzusida videorolik tayyorlash shartlari asosida bilimi va hayotiy tajribacini sinovdan o‘tkazdi.

Oiladagi ma’naviy muhitni o‘zaro hurmat, mehr-oqibat asosida shakllantirish, farzandlarni go‘zal axloq, jismoniy va ruhiy uyg‘unlikda kamolga yetkazish, er-xotin, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari, qadriyatlarni e’zozlash, mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash borasidagi ezgu ishlarni targ‘ib etish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uychi tumanidan Marg‘uba va Yusufjon Siddiqovlar oilasi g‘olib deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mingbuloq tumanidan Mavluda va Baxtiyor Abdunazarovlar oilasi ikkinchi, Namangan shahridan Farida va Erkinjon Azizovlar oilasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Fayzli oila”, “Sportchi oila”, “Ishbilarmon oila”, “Mehribon qaynona”, “Ahil oila”, “Saxovatli oila”, “Ibratli kelin”, “Tashabbuskor oila” nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
2 277






Все о погоде - Pogoda.uz