Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.12.2017 20:43 Chop etish versiyasi

Namangan viloyati markazida o‘zgarish ro‘y berdi

Namangan viloyati markazida o‘zgarish ro‘y berdi Namangan shahrida 6,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan 6 qavatli muhtasham binoning yuqori qavatlarida aholi yashashi uchun 32 xonadon joylashgan.

Binoning birinchi va ikkinchi qavatida «Sardoba» savdo markazi nomi ostida 30 dan ziyod savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi. Uning umumiy maydoni 1 ming 100 kvadrat metrdan iborat. 50 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan.

6.jpg

– Zamonaviy savdo majmuasining viloyat markazidagi asosiy va gavjum Alisher Navoiy va Qo‘qon ko‘chalari chorrahasida qad rostlagani shahrimiz qiyofasiga yanada ko‘rk bag‘ishladi, – deydi "Sardoba" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zuhraxon Qahhorova. – Bu yerdagi o‘tgan asrning 40-50 yillarida qurilgan eski imoratlar keyingi paytlarda shaharsozlik talablariga mutlaqo javob bermay qolgan edi. Ular o‘rnida zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida barpo etilgan ushbu majmua mamlakatimizning bugungi bunyodkorlik salohiyatining yorqin ifodasi sifatida barchamizni mamnun etmoqda.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
11 453