Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2018 19:24 Chop etish versiyasi

Namangan shahridagi xususiy klinikalar soni yana bittaga ko‘paydi

Namangan shahridagi xususiy klinikalar soni yana bittaga ko‘paydi Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etgan klinikaning ochilish marosimida mamlakatimiz tibbiyot sohasini jahon andozalari darajasida rivojlantirish, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

12 (1).jpg

– Tibbiyot sohasida sog‘lom raqobat asosida xususiy sektorning jadal rivojlanayotgani quvonarlidir, – deydi “Ra’no diagnostika va davolash markazi” xususiy klinikasi direktori Hamid Vaqqosov. –Prezidentimizning 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat asosida yaratilgan imkoniyatlar bizga katta dalda bo‘ldi. Klinikani barpo etish uchun 2 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shundan 560 million so‘mi “Turon” aksiyadorlik tijorat banki Namangan filiali tomonidan imtiyozli kredit shaklida moliyalashtirildi.

6.jpg

Xorijda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan mazkur shifoxonada urologiya, nevrologiya, terapiya yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostika, davolash va maslahat berish xizmatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu yerda laboratoriya, UZI, EKG orqali onkologik kasalliklarni erta aniqlash va tashxis qo‘yish imkoniyatlari mavjud. Klinika 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, fizioterapiya, massaj, fitobar bo‘limlarida davolanuvchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Klinikada 30 kishi ish bilan ta’minlandi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
6 317