O‘zA O`zbek

19.05.2018 13:25 Chop etish versiyasi

Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi: O‘zbekistonni bir bor ko‘rish orzuyim

Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi: O‘zbekistonni bir bor ko‘rish orzuyim Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston haftaligi” Nagoya shahrida ham davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Haftalik doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

86be2f76-e749-4d85-9b5d-5e7eadb3bfa6.jpg

“O‘zbekiston boy tarixga ega mamlakat. Jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlarga beshik bo‘lgan diyorni, uning maftunkor tabiati va ochiq osmon ostidagi muzey deya ta’riflanadigan shaharlarni bir bor ko‘rish orzuyim”, deya qayd etdi T.Kavamuragi.

Shu kuni shaharning “Seishonen Bunka” markazida O‘zbekiston san’ati ustalarining badiiy chiqishlari, milliy hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda namoyish etilgan milliy liboslar, ganj o‘ymakorligi va buyumlar ko‘rgazmasi, kashtachilik namunalari yaponiyalik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

deafd620-400d-4a33-aa6f-647e31d9273f.jpg

O'zA
2 576