Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2018 15:54 Chop etish versiyasi

Nafsim mening balodur...

Surxondaryo viloyatidagi “Totuvlik” mahallasida yashayotgan I.R. nafs balosiga uchragan ekan. U hovlisidagi yordamchi xo‘jalik xonasida elektr energiyasiga g‘ayriqonuniy ulanib, qo‘lbola moyjuvoz uskunasida paxta chigitidan yog‘ va kunjara ishlab chiqarayotganida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari qo‘liga tushib qoldi.

Fuqaro I.R. bu harakati bilan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 4 million 780 ming so‘mdan ortiq zarar yetkazgan. Voqea joyidan qiymati 5 million 39 ming 219 so‘mlik qo‘lbola moyjuvoz uskunasi, 37 kilogramm yog‘simon suyuqlik, 451 kilogramm paxta chigiti, 87 kilogramm kunjara tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Mutaxassislar bu yog‘ moyjuvoz uskunasida qo‘lbola usulda tayyorlangani va iste’molga umuman yaroqsiz ekanini aniqlagan.

I.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
6 254