O‘zA O`zbek

05.04.2018 19:03 Chop etish versiyasi

Mutasaddilar Toshkent viloyatidagi ayrim hududlarning Poytaxtga o‘tkazilishi haqida yangi ma’lumotlar berdi

Mutasaddilar Toshkent viloyatidagi ayrim hududlarning Poytaxtga o‘tkazilishi haqida yangi ma’lumotlar berdi 2017-yilning dekabr oyida O‘zbekiston poytaxti Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hisobiga kengaytirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqilayotgani aytildi va OAVlarda boshqa tafsilotlar ko‘rinmadi. O‘zbekiston milliy axborot agentligi ayni mavzuga oydinlik kiritish maqsadida tegishli idoralar bilan bog‘landi.

O‘zbekiston Poytaxti Toshkentni kengaytirish borasidagi tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu loyihaga chet eldan tajribali mutaxassis va yirik kompaniyalar jalb etilgan.

Тошкент шаҳар бош архитектори Асомиддин Тожиевнинг www.uza.uz сайтига маълум қилишича, янги Тошкент маъмурий ҳудуди 18 квадрат километр атрофидаги катталикда кенгайтирилади. Бу кўрсаткич пойтахтга киритилаётган ҳудуднинг табиий ландшафтидан келиб чиққан ҳолда ўзгариши мумкин. Тошкентнинг айни дамдаги ўзгартирилмаган ҳудуди 33,4 квадрат километрни ташкил этади. Лойиҳа бўйича ҳозирда ҳисоб-китоб ишлари амалга оширилмоқда. Пойтахтга киритилиши кўзда тутилган ҳудудларда фотосъёмка, геология, инженерия мутахассислари иш олиб бормоқда. Шунингдек, мазкур ерлардаги газ, электр ва сув таъминотлари даражаси ҳам ўрганилмоқда. Тошкент шаҳар бош архитекторининг айтишича бу жараён изчил меҳнатни талаб этади ва бу қисқа фурсат ичида амалга ошириладиган иш эмас.

Toshkent shahrining kengaytirilishi bo‘yicha muhim tafsilotlar bilan yana tez orada tanishtiramiz.

Anora Sodiqova, O‘zA
10 531