Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 20:10 Chop etish versiyasi

Murojaatlar bilan ishlash takomillashmoqda

Namanganda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibining tashkiliy va huquqiy asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlab Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mas’ul kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi bosqichga ko‘tarilgani, uning samarasi jamiyatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligida o‘z ifodasini topayotgani ta’kidlandi.

– Davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida huquq va qonuniy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi sho‘ba mudiri Sh.Sharifboyev. – Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishning ahamiyati katta. Zero, har bir shaxsning vakolatli davlat organlariga, muassasalariga va xalq vakillariga murojaat qilish huquqi Konstitutsiyamizning 35-moddasida belgilab qo‘yilgan va u demokratik tamoyillardan biri sifatida jamiyat ravnaqiga xizmat qilishi kerak. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini tartibga solish hamda shu yo‘nalishda ijobiy tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlashga qaratilgan.

Seminarda namunaviy Nizomning mazmun-mohiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini tashkil etish va bu jarayonning huquqiy asoslari mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur Nizom asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibini samarali tashkil etish hamda ularni bajarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishda mahalla institutining rolini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
751






Все о погоде - Pogoda.uz