Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 18:12 Chop etish versiyasi

Muqaddas ayol

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Madaminova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

– Mamlakatimizda inson qadri yuksak, jumladan, ayollarimiz davlatimiz e’tiborida, – deydi pedagog Nodira Xo‘jayeva. – Biz, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash, inson nomini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi ayollarimiz taqdirida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun ular barcha sohalarda o‘zlarining kuch-qobiliyati, salohiyatini namoyon etyapti.

Turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida «Antiqa sovchilar» spektakli namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
3 395






Все о погоде - Pogoda.uz