Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 17:19 Chop etish versiyasi

«Adolat» SDP tuman kengashlari tomonidan murojaatlarga yechim topilmoqda

Andijonda “Xalq bilan muloqot – inson manfaatlarini himoya qilishning ishonchli yo‘li” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, huquqshunoslar, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda xalq bilan muloqot tizimini takomillashtirish, jamiyatda mavjud muammolarni o‘rganish, yechimini topish va bartaraf etishda partiya faollari, deputatlik guruhlari oldida turgan muhim vazifalar, xususan, tuman va shaharlarda tashkil etilgan “Adolat” qabulxonasi” faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

– Bugungi kun talabi faoliyatimizni tubdan isloh qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi murojaatlariga adolat va hozirjavoblik bilan yondashishni taqozo etmoqda, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi P.Asxanov. – Bu barcha bo‘g‘indagi partiya tashkilotlari, faollari va deputatlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Tadbirda joriy yilning o‘tgan davrida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda partiyaning Andijon, Asaka va Izboskan tumanlari kengashlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, murojaatlarning aksariyati ijobiy yechim topgani ta’kidlandi. Tuman va shaharlarda tashkil etilgan “Adolat” qabulxonasi” faoliyati samaradorligini oshirish, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, Prezidentimizning farmon va qarorlari mazmun-mohiyati, ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, fuqarolarning siyosiy, huquqiy bilimini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 789






Все о погоде - Pogoda.uz