Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.04.2017 10:09 Chop etish versiyasi

Muloqot– islohotlar samaradorligining kafolati

Toshkent viloyati Piskent tumanida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining maqsad-vazifalariga, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishning ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi, tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya va mahalla faollari, tadbirkorlar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi yurtimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu g‘oyani yangi bosqichda davom ettirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal qilishning yangi mexanizmlari, samarali usullari joriy etilishida muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda, – deydi partiya tuman kengashi raisi H.Zoidova. – Shundan kelib chiqib, joylarda partiya tashkilotlari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli o‘rganib borish, deputatlik birlashmalari orqali mahalliy Kengashlar doimiy komissiya va sessiyalarida muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilish, ularga yechim topish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar xalq vakillarining joylardagi muammolarni o‘rganishi, odamlar bilan yanada yaqindan muloqot qilishida muhim ahamiyatga ega.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
1 373






Все о погоде - Pogoda.uz