Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 13:22 Chop etish versiyasi

Muloqot hamjihatlikni mustahkamlaydi

Navoiy viloyati Karmana tumanida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Muloqot madaniyati – oilalar bilan ishlashning muhim omili” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz rahnamoligida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, mavjud muammolarga joyida yechim topish tizimli yo‘lga qo‘yilgani xalqning davlat hokimiyatiga ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, xotin-qizlar ishtirok etgan seminarda hududlarda aholi bilan muloqot madaniyati va uning muhim jihatlari xususida so‘z yuritildi.

– Maslahatchi har bir oila bilan til topishib, uning dardu quvonchiga sherik bo‘lishi kerak, – deydi Karmana tumanidagi “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Tillayeva. – Chunki, maslahatchining dunyoqarashi keng bo‘lsa, hududdagi ijtimoiy muhitni to‘liq o‘rganib, xalqqa nafi tegadi. Seminar faol xotin-qizlar va maslahatchilarning oilalar bilan ishlashda muloqot madaniyati, huquq va vakolatlari to‘g‘risidagi bilim va malakasini oshirishga xizmat qildi.

Seminarda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyati, oilalar bilan samarali ish olib borishda fuqarolar yig‘inlari maslahatchilari muloqot madaniyatining ahamiyati, maslahatchilar va faol xotin-qizlarda muloqot madaniyati ko‘nikmasini oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Mutasaddi tashkilotlar xodimlari jalb etilgan holda mahallalarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi bilan muloqotda bo‘lish, xotin-qizlar va yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Bunday seminarlar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 102






Все о погоде - Pogoda.uz