Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 16:48 Chop etish versiyasi

Mukofot muborak, Huriniso momo

Mukofot muborak, Huriniso momo Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida 100 yoshdan oshgan bir guruh yurtdoshlarimiz “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi 115 yoshli Huriniso momo Eshmurodova ham bor.

Bu yil 115 yoshni qarshi olgan onaxon bir asrdan ortiq umri davomida ne-ne sinovlaru mashaqqatlarni boshdan kechirmadi deysiz. Esini tanishi bilan dalada mehnat qildi. Ikkinchi jahon urushi yillari front ortida jonbozlik ko‘rsatdi. So‘ng jamoa xo‘jaligida suvchilik qildi, ipak qurti parvarishladi.

– Davlatimiz tomonidan biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va e’zozdan yoshimga yosh qo‘shilmoqda, – deydi Huriniso momo. Hayotning baland pastini ko‘p ko‘rdim. Yaratganga shukr, bugungi tinch, farovon kunlarga ham yetkazdi. Ilohim, osoyishta hayotimiz bardavom bo‘lsin!

Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA
939






Все о погоде - Pogoda.uz