Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 15:09 Chop etish versiyasi

Respublikamiz bo‘ylab 2-3 dekabr kunlari havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab 2-3 dekabr kunlari havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda 1-2-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi, ayrim joylarda (yomg‘ir qorga aylanadi) kuchayishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab 2-3 dekabr kunlari havo haroratining keskin pasayishi: kechasi 5-10 darajagacha sovuq, kunduzi 2 darajagacha sovuq, 3 daraja iliq, shimol bo‘ylab kechasi 7-12, kunduzi 2-7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Kechasi 5-10 darajagacha sovuq, kunduzi 2 darajagacha sovuq, 3 daraja iliq bo‘lgan keskin pasaygan harorat O‘zbekiston bo‘ylab 7 dekabrgacha saqlanib qoladi.

1-5 dekabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 2000 metr balandlikdagi joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, kechasi kuchayishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, ba’zi joylarda kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esib, ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kuchli qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. 2000 metrdan baland joylarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

O‘zA
1 060






Все о погоде - Pogoda.uz