Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.10.2017 15:34 Chop etish versiyasi

Muallimlar elimiz ardog‘ida

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘qituvchi – qalb me’mori” mavzuida qator loyihalar amalga oshirildi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi filologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida partiya markaziy kengashi a’zolari, mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, xalq ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida mehnat qilayotgan faol o‘qituvchi va murabbiylar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Mamlakatimizda o‘qituvchi-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’kidlandi. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda ushbu sharafli kasb egalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish borasidagi ishlar Xalq demokratik partiyasi maqsad va vazifalari bilan uyg‘undir.

Partiya saylovoldi dasturida ta’lim tizimini isloh etish, o‘qituvchilar va tarbiyachilarga yanada kengroq imtiyozlar berish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan loyiha doirasida partiyaning faol a’zolari – ustoz va murabbiylarga sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek, ta’lim sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan hamda hozirgi kunda nafaqaga chiqqan soha xodimlari xonadonlariga tashrif buyurilib, bayram sovg‘alari topshirildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 807






Все о погоде - Pogoda.uz