O‘zA O`zbek

07.09.2018 16:51 Chop etish versiyasi

Moskvada Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazilmoqda

Moskvada Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazilmoqda Moskva shahrida XXXI Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi ochildi. Unda 40 dan ortiq davlatlarning nashriyot va bosmaxonalari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining rasmiy sayti “www.api.uz”.

Qayd etilishicha, koʻrgazma-yarmarkada Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda mamlakatimizning yirik nashriyot-matbaa korxona vakillari ham qatnashmoqda. Tadbirning ilk kunidanoq “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Rossiyaning “Olma” nashriyot markazi hamda Yelena Shubina tahririyati, shuningdek, Xitoyning “BIBF” nashriyot korporatsiyasi bilan ularda nashr etilgan xorij adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr etish, milliy adabiyotlarimizni ularda tarjima qilib chet tilida nashr etish yuzasidan kelishuvga erishgan. Bundan tashqari Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Binom” hamda “Russkoye slovo” nashriyotlari bilan bolalar uchun moʻljallangan rus tilidagi sinfdan tashqari oʻqitiladigan adabiyotlarning original-maketlarini sotib olish boʻyicha muzokara olib borgan.

Koʻrgazma-yarmarka 9 sentyabrga qadar davom etadi.

Malohat Husanova, OʻzA
2 138