Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 16:07 Chop etish versiyasi

34 mingga yaqin aholi turar-joylarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan tuman va shaharlarda haftaning chorshanba kuni yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Tayloq tumani yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari joriy yil 11 oktyabr kuni Jumabozor, Adas, Bog‘izag‘on mahallalari va bir qator ta’lim muassasalarida shunday profilaktika tadbirlarini amalga oshirdi.

– Avvalo, mahallalardagi aholi xonadonlari, korxona-tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, uy egalari hamda mas’ul shaxslarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, – deydi Tayloq tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi inspektori O.Otamurodov. – Xonadonlar va muassasalarni isitishda gaz, ko‘mir va elektr energiyasidan foydalanishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tartiblar tushuntirildi. Yuzga yaqin uy egalari yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmagani uchun ogohlantirildi. 22-, 26-umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, bir necha nomdagi eslatmalar tarqatildi.

Yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari boshlanganidan buyon tuman bo‘yicha 280 dan ortiq davlat ob’ekti, 34 mingga yaqin aholi turar-joylarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, zarur choralar ko‘rildi. Bu sa’y-harakatlar samarasida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa muassasalarda yong‘in bilan bog‘liq noxush holatlar kamayishiga erishildi. Ayni paytda havo harorati pasayib, aholining istitish vositalaridan foydalanishga ehtiyoji ortishi e’tiborga olinib, tushuntirish-targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 664






Все о погоде - Pogoda.uz